Angren shahridagi harbiy qism tashkil topganiga 21 yil to‘ldi (+foto)

3

Shu munosabat bilan harbiy qismda tantanali marosim tashkil etildi. Unda Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondonligi vakillari, Chirchiq shahridagi harbiy qism masʼullari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.


Maʼlumki, Angren shahrida joylashgan ushbu harbiy qism o‘z salohiyati bilan ko‘plab marralarni zabt etib kelmoqda. Bugungi kunda harbiy qism bo‘linmalari dushmanning havodan va yerdan kelayotgan kuchlarini yakson etuvchi yangi va zamonaviy qurol-yarog‘, harbiy texnikalar bilan to‘la taʼminlangan bo‘lib, shaxsiy tarkib jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
To‘pchilar divizioni, razvedka vzvodi, zenitchilar batareyalari, kimyodan muhofaza vzvodi bo‘linmalari okrug miqiyosida o‘tkazilayotgan kasbiy musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.


Bayramona ruhda saf tortgan harbiy xizmatchilarga Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondoni va harbiy qism komandirining tabrigi va buyruqlari o‘qib eshittirilib, harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati