Chirchiq shahridagi harbiy qismda ikki nafar harbiy xizmatchi nafaqaga kuzatildi (+foto)

3

Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda ikki nafar harbiy xizmatchini nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy qism qo‘mondonligi vakillari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar nafaqaga kuzatilayotgan podpolkovniklar Odiljon Hamdamov hamda Salohiddin Murodov faoliyati haqida to‘xtalib, ularning kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.
Harbiy orkestr ijrosidagi jangovar kuylar barchani birdek ruhlantirdi. Tabrik so‘ngida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan tantanali tadbir qahramonlariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati