Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati jamoasi nufuzli tanlovning bir yo‘la ikki nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi (+foto)

2

Joriy yilning boshida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Yoshlar ilm-fan uchun” roliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.
Tanlov “Buyuk ajdodlar merosi”, “Eng yaxshi animatsion rolik”, “Zamonaviy texnologiyalar” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilib, 700 dan ortiq videoroliklardan nizom va talablarga mos keluvchi 207 tasi saralab olindi.
Toshkent harbiy okrugi jamoasi ham ushbu tanlovda faol ishtirok etib, bir emas ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar safidan joy oldi.


Leytenant Bobur Elmurodov va kichik serjant Abdulaziz Yo‘ldoshev hamkorligida ishlangan Abu Ali Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan videorolik “Buyuk ajdodlar merosi” yo‘nalishida rag‘batlantiruvchi o‘ringa munosib ko‘rilib, 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining harbiy jurnalistika yo‘nalishi talabalari, okrug matbuot xizmati xodimlari Kamolaxon Adhamova hamda Ruxsora Ortiqova tomonidan “Zamonaviy texnologiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha tayyorlangan videorolik 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 20 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.


G‘oliblar 5 nafar Ekspertlar kengashi tomonidan onlayn ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.
Quyida Toshkent harbiy okrugi jamoasi tomonidan tayyorlanib, g‘olib bo‘lgan roliklarning suratga olish jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati