Chirchiqda harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida “Kitob – tafakkur xazinasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi (+foto)

1

Bugun 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Chirchiq shahrida joylashgan harbiy shaharchada harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida “Kitob – tafakkur xazinasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Qizg‘in kechgan suhbatlar davomida eng bilimdon bolajonlar harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan badiiy kitoblar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati