Zangiota tumani hokimi bir guruh harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlarni bayram bilan qutladi (+foto)

2

Bugun, 30-iyun – “Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismda “Hokim va yoshlar uchrashuvi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.


Unda Zangiota tumani hokimi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Zangiota tumani kengashi raisi va yetakchi mutaxassislari, umumtaʼlim o‘rta maktablarning o‘quvchi-yoshlari, Maxsus avariya tiklash boshqarmasi hamda harbiy xizmatilar ishtirok etishdi.
Tantanali o‘tgan bayram kechasida tuman hokimi tomonidan harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlar turli diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati