Harbiy qismda mutasaddi vakillar tomonidan haydovchilar shaxsiy tarkibi to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazildi (+foto)

1

Harbiy qismda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» munosabati bilan “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l haraktlar bo‘limi boshlig‘i mayor Nurali Bahoviddinov maʼruza qilib, harbiy xizmatchilar tomonidan yo‘l harakati qoidasi buzilishi holatlarida belgilanadigan javobgarliklar xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida soha vakillari tomonidan to‘satdan barcha zaruriy hujjatlar tekshirildi. Haydovchilarning haydovchilik guvohnomasi, texpasport va sug‘urta hujjatlari mavjudligi o‘rganildi.


So‘ngra haydovchilar shaxsiy tarkib ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirilib, muhim ko‘rsatmalar berib borildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati