Harbiy qismda ayollar o‘rtasida tashkillashtirilgan turli musobaqalar taassurotlarga boy bo‘ldi (+foto)

2

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismda Maxsus avariya tiklash boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari, harbiy qismdagi Yoshlar ittifoqi kengashi aʼzolari hamda Zangiota tumani Yoshlar ittifoqi kengashi yetakchilari o‘rtasida “Yoshlar oyligi” doirasida sport hamda osh tayyorlash musobaqalari o‘tkazildi.


Karantin qoidalari asosida o‘tgan musobaqada Yoshlar ittifoqi Zangiota tumani kengashi raisi, Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i hamda harbiy qism Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari ishtirok etishdi.


Bir-biridan murosasiz kechgan bahslarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashabbuskorlar tomonidan munosib taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati