Angrenda 167 nafar o‘zbek o‘g‘lonlariga qo‘yilgan yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yildi (+foto)

2

Angren shahrining so‘lim go‘shalaridan birida 1945-yil Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan 167 nafar o‘zbek o‘g‘lonlariga qo‘yilgan yodgorlik majmuasi bor. Harbiy xizmatchilar u yerga tez-tez tashrif buyurib, suronli damlarda o‘zbek xalqi boshiga tushgan musibatlarni xotirlashadi. Bu joy halok bo‘lgan yurt o‘g‘lonlarining xotirasini yod etuvchi tabarruk makonga aylanishga ulgurgan.


Angren shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, 29-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollari, o‘quvchi-yoshlar, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari hamkorligida ushbu xotira monumentiga tashrif buyurilib, haykal boyiga gulchambar qo‘yildi.


O‘tganlarning nomlari xotirlanib, o‘zaro muloqotlar tashkillashtirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati