62 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlari Bo‘stonliq tumanidagi “Barkamol” yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga jo‘nab ketishdi (fotoreportaj)

3

Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning 62 nafar farzandlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Barkamol” yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘l olishdi.


Qurolli Kuchlar davlat muzeyida tashkillashtirilgan tantanali kuzatish marosimida Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda mutasaddi vakillar ishtirok etishdi.


Tadbir davomida bolajonlarga yozgi taʼtillarini maroqli o‘tkazishlari uchun turli badiiy kitoblar, esdalik sovg‘alar topshirildi.


Bolajonlarning 10 kun davomida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda yozgi taʼtilni mazmunli o‘tkazishlari rejalashtirilgan.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati