Dunyoning eng kuchli o‘qotar qurollari haqida bilasizmi?

6

Bugungi kunda shunday mamlakatlar ham borki, ularda fuqarolarning qurol ko‘tarib yurishi odatiy holga aylangan. Albatta, buning hech qanday zarari yo‘q desangiz, adashasiz. Tinch va osoyishta mamlakatga sovuq qurollar olib kirilishining o‘zi ham qandaydir o‘sha yerda inson hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan omillar yetarli ekanidan darak beradi. Shubhasiz, har bir mamlakat o‘z siyosiy huquqidan chiqmagan holda o‘z hududida turlicha qonun-qoidalar yaratadi. Ushbu maqolamiz orqali eʼtiboringizga dunyodagi eng xavfli bo‘lgan o‘qotar qurollardan bir nechtasini havola etmoqchimiz:

1. TrackingPoint qurollari – ushbu turdagi qurollarning ishlab chiqaruvchisi Amerikaning rasmiy qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, u Texasda joylashgan. Ushbu kompaniyaning ishlab chiqarayotgan o‘qotar qurollarida hattoki oddiy odamlarni ham merganga aylantirishi mumkin bo‘lgan «aqlli kameralar» o‘rnatilgan. Ular mo‘ljalni shunchalik bexato olishi mumkinki, tepkini bosish zarur bo‘lgan millisekundlarni ham hisoblashga qodir. Ushbu kompaniya bunday texnologiyalarini butun dunyo bo‘ylab eksport qiladi hamda NATOni kamerali qurol va patronlar bilan taʼminlab keladi.


2. Accuracy International AS50 – bu nomi qayd etilgan qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniya Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lib, u xavfliligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Mo‘ljalga olish hamda o‘q otish tezligi 1,6 soniyada besh martaga teng. 1500 metrdan aniq nishonga olish qobiliyatiga ega, olib yurishga ham juda qulay.


3. AK-47 – ushbu rusumli qurollar ham eng xavfli qurollar safiga kiritilgan. Rossiyalik general va harbiy qurol mutaxassisi marhum Mixail Kalashnikov tomonidan ishlab chiqilgan AK-47 yaqin masofali va uzoq masofali janglarda samarali bo‘lishga qodir kuchli quroldir.


Bizning vazifamiz siz azizlarga maʼlumot berish biroq dunyo tan olgan bo‘lishiga qaramasdan bunday qurollarga hayotingiz davomida hech qanday zaruriyat tug‘ilmasligiga tilakdoshmiz.

Manba: Zamin.uz