Sirdaryodan maxsus reportaj: Xalq artistlari xalq xizmatiga keldi…

2

Bugun ko‘ngillarni obod qilaman degan har kimning yo‘li Sirdaryo viloyatiga tutashishi aniq. Texnogen ofat chin maʼnoda butun millatni oyoqqa turg‘izdi, bir tan-u bir jon bo‘lishga undadi. Hozirda aksar toshqin oqibatlari bartaraf etilib, aholi uchun yangi uy-joylar qurilishi boshlanib ketgan bo‘lsa-da, mehribon xalq hamon sirdaryoliklar bilan birga.

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizoni harbiy xizmatchilari yurtimizning mashhur sanʼatkorlari hamrohligida Sirdaryoga yo‘l olishdi. Asosiy maqsad, aholi ko‘nglini ko‘tarish, ularning dillariga shodlik va quvonch ulashish.

O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, madaniyat xodimlari, shoir va teatr aktyorlari bilan kechgan samimiy suhbatlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Bu kun sirdaryoliklar xotirasida uzoq vaqt muxrlanib qoladigan bo‘ldi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati