Chirchiqda hamkor tashkilot vakillari, harbiy xizmatchilar ishtirokida “Armiyamiz – bizning faxrimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi (+foto)

3

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Armiyamiz – bizning faxrimiz” mavzusida tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Chirchiq shahridagi harbiy qismlarning birida bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining Toshkent viloyati bo‘limi aʼzolari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mutasaddilari, Toshkent harbiy okrugi mutasaddi vakillari, harbiy xizmatchilar, nuroniy-otaxonlar ishtirok etdi.


Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad pandemiya sharoitida harbiy xizmatchilarimizning mashaqqatli mehnatlari, ularning tun-u kun olib borayotgan xizmatlariga eʼtirof etishdan iborat.
O‘zaro muloqotlarda harbiy oilalar va ularning farzandlariga berilayotgan eʼtibor, umuman, tizimda bu borada olib borilayotgan ishlar mutaxassislar tomonidan alohida taʼkidlab o‘tildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan harbiy shaharchadagi ijtimoiy vaziyat, oilalardagi erkin muhit, farzandlarning bilim olishi va shu kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha erkin muloqotlar o‘tkazildi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar endigina harbiy xizmatga qadam qo‘yayotgan o‘g‘lonlarimizga harbiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarni to‘g‘ri anglatish, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning muhim funksiyalari haqida fikr bildirishdi.
Bu kabi tadbirlar keng ko‘lamda davom etmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati