Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondoni bir guruh harbiy xizmatchilarni munosib taqdirladi (+foto)

1

Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida ro‘y bergan suv toshqini natijasida viloyatning Oqoltin, Sardoba, Mirzaobod tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi uylariga jiddiy zarar yetganidan xabaringiz bor.

Texnogen omillarni o‘z vaqtida bartaraf etish, shuningdek suv toshqinidan jabr ko‘rgan fuqarolarimizga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okruglar tomonidan moddiy-texnik taʼminot turlari sifati bo‘yicha “Eng yaxshi dala lageri” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari yuqori salohiyatga ega ekanliklarini amalda isbotlay olishdi.

Kuni kecha toshqinni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondoni tomonidan taqdirlandi.

Okrug Qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov harbiy xizmatchilarga fidoiyligi uchun chuqur minnatdorlik bildirar ekan, harbiy qism komandirlari va harbiy xizmatchilarni faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati