Dezinfeksiya ishlarida faol qatnashgan bir guruh harbiy xizmatchilar okrug Qo‘mondoni tomonidan rag‘batlantirildi (fotoreportaj)

2

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari Qo‘mondonining buyrug‘iga asosan poytaxtimizning turli jabhalarida keng qamrovli dezinfeksiya ishlarini olib borgan okrug tasarrufidagi bir guruh harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida okrug qo‘shinlari Qo‘mondonligi vakillari, okrug tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati