Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondoni Sardoba toshqinida fidoiylik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirdi (+foto)

2

Maʼlumki, Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori toshqini natijasida minglab xonadonlar katta zarar ko‘rib, ko‘plab yurtdoshlarimiz boshpanasiz qoldi. Shunday og‘ir pallalarda barcha kuch tuzilmalari, tashkilot va muassasalarning ishchi kuchlari qatorida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari ham jonbozlik ko‘rsatdi.


Toshqinning ilk kunlaridayoq yordamga shoshilgan okrug qo‘shinlari hamon erta-yu kech aholiga yordam qo‘lini cho‘zib kelmoqda. Ana shunday fidoiy harbiylarimizning bir guruhi Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondoni tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati