Angrendagi harbiy qism ishchi guruhi vayronalar orasidan uy sohibining 12 million so‘m miqdoridagi taqinchoqlarini topib berdi (+foto)

2

Barchamizga maʼlumki, Sardoba toshqinidan qattiq zararlangan aholi uylarida harbiy xizmatchilar tomonidan keng miqiyosda tozalash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Tabiiyki ish jarayonida bu yerda istiqomat qilgan aholining shaxsiy buyumlari topilib, o‘z egasiga yetkazib berish ishlari ham jadal yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni damda, voqea joyida ish olib borayotgan Angren shahridagi harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari tomonidan tozalash ishlari davomida uy egasiga tegishli 12 million so‘m miqdoridagi taqinchoqlar topilib, o‘z sohibiga yetkazildi.
Bunday voqealar albatta hammani birdek xursand qiladi. Harbiy xizmatchilarimiz tomonidan tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati