Harbiy psixologlar toshqindan jabr ko‘rgan aholiga psixologik ko‘mak bermoqda (+foto)

2

Oldin xabar berganimizdek, Mudofaa vazirligi harbiy psixologlaridan tashkil topgan ishchi guruh tarkibida Toshkent harbiy okrugi harbiy psixologlari ham Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatida evakuatsiya qilingan aholi bilan ijtimoiy-psixologik tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqdalar. Hozirgi kunda harbiy psixologlar tabiiy ofat oqibatida jabrlangan fuqarolarning ruhiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan vahima, qo‘rquv va tushkunlik holatlari, hamda xavotirlanishni bartaraf etishga qaratilgan jamoaviy va yakka tartibdagi psixologik konsultatsiya va psixokorreksion tadbirlar, shuningdek, aholi o‘rtasida asossiz va salbiy axborotlar tarqalishini oldini olish, fuqarolar ayniqsa yoshlarning axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishga qaratilgan psixologik trening, mashq va motivatsion tadbirlarni amalga oshirilmoqdalar. Tabiiy ofat natijasida jabrlangan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish tadbirlari davom etmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati