Bo‘stonliqda harbiy xizmatchilar asr ko‘rgan urush qatnashchilaridan hol so‘radi (+foto)

2

Toshkent harbiy okrugiga qarashli bir guruh harbiy xizmatchilar Bo‘stonliq tuman Mudofaa ishlari bo‘linmasi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamrohligida Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimgan aholi punkti, Amirsoy, Qumqo‘rgon, Xumson qishloqlarida istiqomad qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olishdi.
Yaqinlashib kelayotgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 101 yoshli Sariboy ota Musatov, 95 yoshli Mirsolih ota Ergashev hamda 98 yoshli Ergash ota To‘laganov xonadoniga tashrif buyurgan ko‘ngilli harbiylarimiz asr ko‘rgan otaxonlarning hayotiy tajribalari bilan yaqindan tanishib, ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatdilar.
Yo‘qlovlardan ko‘ngli tog‘day ko‘tarilgan faxriy urush qatnashchilari o‘z boshidan kechirganlarini harbiylarimizga so‘zlab berishdi. Dasturxon atrofida chin va samimiy gaplar aytildi.  Yurt boshiga tushgan sinovli kunlar aslida hikmatli ekani, bu ham bir imtixon ekani taʼkidlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati