Harbiy qismda maktab oʼquvchilari shoira Zulfiya ijodidan namunalar oʼqishdi (+foto)

5

Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiya betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va eʼzozga sazovor boʼldi. Oʼzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib 1999-yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi.
Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida shahardagi 10-sonli umumtaʼlim maktab oʼquvchilari va pedagoglari ishtirokida “Baxtim shu – Oʼzbekning Zulfiyasiman” nomli adabiy kecha tashkil qilindi.


Bundan koʼzlangan asosiy maqsad shoiraning ijodi bilan harbiy xizmatchilarni yaqinroq tanishtirish, ularning badiiy saviyasi va didini yanada shakllantirishdan iborat.
Tadbir chin maʼnoda mushoiraga aylanib ketdi. Tashrif buyurganlar shoiraning bahor, muhabbat, sogʼinch, ayriliq va iztirob, mehr va muhabbatga yoʼgʼrilgan sheʼrlaridan namunalar oʼqishdi.


Uchrashuv soʼngida harbiy qism hududida tashkil etilgan koʼrgazmali mashgʼulotlar oʼquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati