Аngren umumqoʼshin togʼ poligoni: Bahor va bolalikni eslatuvchi xalq oʼyinlariga guvoh boʼling… (fotoreportaj)

3

Navroʼz. Bu bayram bizga oʼtmishimizni va oʼzligimizni eslatib turuvchi asl bayram. Dala-qir yashil maysalar bilan bezangan bunday pallalarda kishi beixtiyor oʼz bolaligingni, milliy oʼyinlarni esga oladi.
Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari hamda umumtaʼlim oʼrta maktab oʼquvchilari Аngren umumqoʼshin togʼ poligonida milliy urf-odatlarimiz, oʼyinlarimizni yana bir bor esga olishdi.
Biz entikib eslaydigan oʼnlab oʼyinlar, musobaqalar barchaga olam-olam zavq bagʼishladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati