Chirchiqda uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirokida mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtdi (+foto)

3

Toshkent harbiy okrugi, Chirchiq shahar hokimligi, Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kimyogarlar” madaniyat saroyida uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirokida mehnat yarmarkasi oʼtkazildi.


Ishsizlar sonini kamaytirish, yoshlarni kerakli ish oʼrinlari bilan taʼminlash maqsadida oʼtkazilgan yarmarkada koʼplab yoshlar boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishish hamda oʼzlariga munosibini tanlash imkoniyatiga ega boʼlishdi.


Yarmarka davomida yoshlarga hamda yigʼilganlarga armiyamiz qudratini namoyon etish, ularning harbiy sohaga boʼlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlari tomonidan tayyorlangan qoʼl jangi chiqishlari, harbiy qurol-yaroq va texnikalar koʼrgazmasi namoyish etildi.


Eng muhimi, shu kuni bir necha yoshlar bilan mehnat shartnomalari imzolandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati