Toshkent harbiy okrugi Qoʼmondoni Quyi Chirchiqlik yoshlar bilan ochiq muloqot oʼtkazdi (+foto)

3

Toshkent harbiy okrugi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida Quyi Chirchiq tumanida “Qoʼmondon va yoshlar” uchrashuvi boʼlib oʼtdi.


Unda Toshkent harbiy okrugi Qoʼshinlari Qoʼmondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi harbiy qismlardagi boshlangʼich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi boshligʼi mayor Аkobir Nurillayev hamda yoshlar ishtirok etdi.


Tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilim, mustahkam iroda va qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega yoshlarni oliy taʼlim, oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirishlari hamda ularni harbiylik kasbiga boʼlgan qiziqishini orttirishdan iborat.


Qizgʼin savol-javoblar orqali yoshlar Qurolli Kuchlarimizning kuch-qudrati, armiyada xizmat qilish uchun nimalarga eʼtibor berish kerakligi, sohada berilayotgan imtiyozlar hamda turli turli muammoli savollarga javob olishdi.


Muloqotlar davomida faol yoshlar Toshkent harbiy okrugi Qoʼshinlari Qoʼmondoni tomonidan esdalik sovgʼalar bilan taqdirlanishdi.


Tadbir soʼngida Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri va ansambl jamoasi tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati