Chirchiq shahrida “Mustahkam oila – yurt tayanchi» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi (+foto)

5

Oʼzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, Chirchiq harbiy prokuraturasi hamda Chirchiq shahridagi harbiy qism bilan hamkorlikda “Mustahkam oila – yurt tayanchi» mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Unda Respublika harbiy prokuraturasidan adliya kapitani А.Moʼminov, Chirchiq harbiy prokuraturasidan adliya katta leytenanti А.Isarov, Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi oila ilmiy tadqiqot markazi mutaxasisi M.Xoliqova, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademigi F.Qoʼshboev, Qurolli Kuchlar akademiyasi akademigi T.Burxonov, Chirchiq shahar “Oila” markazi rahbari T.Boʼtaeva hamda qator muassasa vakillari ishtirok etdi.


Bundan koʼzlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning oilalarida mavjud muommalarini aniqlash, xususan ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin oʼrtasidagi munosabatlarni shakllantirish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, hamda vujudga kelishi mumkin boʼlgan masalalarni bartaraf etishdan iborat.


Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan oila mustahkamligini asrash borasidagi muhim tavsiyalar berib oʼtildi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari tomonidan berilgan koʼplab savollarga mutasaddi vakillar tomonidan javob qaytarildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati