Harbiylar asr koʼrgan otaxonlar davrasida boʼlishdi (+foto)

2

Bir guruh harbiy xizmatchilar Toshkent viloyati Nurafshon shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylari xonadonlariga tashrif buyurdi.


Urush faxriysi Аlimjon Umirov 1926-yil tugʼilgan. Urushning sovuq nafasi ota va uning minglab tengdoshlarini oʼz domiga tortdi. Samimiy muloqotlarda Аlimjon ota oʼz boshidan oʼtkazganlarini aytib berar ekan, uning bardoshi va sadoqatiga tahsinlar oʼqiysiz.


Rajab ota Majidov esa 1919-yil tugʼilgan. 101 yoshni qarshilagan otaxon barcha uchun qadrli. U oʼzining yigitlik damlarini janglarda oʼtkazdi. Bugun esa farzandlari va nabiralari davrasida eʼzozda.


Ularga boqib, nogoh tinch kuningga shukronalar aytging keladi. Shu kuni harbiy xizmatchilar urush faxriylari bilan dildan suhbatlashdi. Ularga esdalik sovgʼalar topshirdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati