5 muhim tashabbus: Umumta’lim maktabi va harbiy xizmatchilar ishtirokida hisobot tadbiri tashkil etildi (+foto)

3

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan 47-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus ijrosi hamda yil hisoboti tadbiri boʼlib oʼtdi.
Unda Xalq taʼlimi boʼlimi xodimlari, taʼlim muassasasi vakillari, harbiy xizmatchilar, oʼquvchi-yoshlar ishtirok etdi.


Tadbir davomida oʼquvchi-yoshlar tomonidan sheʼr, qoʼshiq, raqs, shuningdek, harbiy xizmatchilarning qoʼl jangi namoyishlari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari hazillari mehmonlar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.


Soʼz olganlar taʼlim va fan tizimidagi ijobiy oʼzgarishlar haqida soʼz yuritib, yoshlar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, kelgusidagi muhim vazifalar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdilar.
Qator oʼquvchi-yoshlar maktab maʼmuriyati tomonidan esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati