Ruhiy yoʼlaklar: stress va qoʼrquvga oʼrin yoʼq!

3

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida batalyon taktik guruhi ruhiy toʼsiqlar yoʼlagidan oʼtkazildi. Harbiy psixolog mayor O.Usmonov hamda vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʼyicha oʼrinbosari kapitan O.Аtaqulovlarlar ishtirokida oʼtkazilgan mashgʼulotlarda harbiy xizmatchilarning stress va hayajonni yengish boʼyicha koʼnikmalari sinovdan oʼtkazildi.


Harbiy psixologlar shaxsiy tarkibning toʼsiqlardan oʼtishda yoʼl qoʼyayotgan kamchiliklari, yutuqlarini tahlil qilib, muhim tushintirishlarni berib borishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati