Urush qatnashchisi navqiron oʼgʼlonlar qiyofasida oʼz yigitlik damlarini esladi (+foto)

3

Bir guruh harbiy xizmatchilar Toshkent viloyati Oʼrtachirchiq tumanida istiqomad qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sharhimulla Saidgaliyev xonadoniga tashrif buyurdi.
Koʼksini medallar shodasi bezab turgan otaxon harbiy xizmatchilar qiyofasida oʼz yigitlik davrini esladi. Urushning shafqatsiz nafasi oʼnlab safdoshlarini olib ketganini yodga oldi.

Urush faxriysi tinchlik davrining jangchisi boʼlish ham katta baxt ekanini taʼkidlar ekan, mamlakatimiz taqdiri ishonchli qoʼllarda ekanidan har doim shodlanishini yashirib oʼtirmadi.
Qizgʼin kechgan muloqotlardan soʼng Sharhimulla otaga harbiy qism qoʼmondonligi tomonidan qimmatbaho sovgʼalar topshirildi. Otaning obodonchilik ishlariga koʼmak berildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati