Hamkorlik: Zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida uchrashuv tashkillashtirildi (+foto)

2

Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Toshkent harbiy okrugi qoʼmondonligi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamkorligida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif uyushtirilib, yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.


Oʼzaro muloqotlarda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʼyicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi, yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Shuningdek, maktab internatida tahsil olayotgan oʼquvchi qizlar hamda oʼqituvchi ayollar 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan muborakbod etildi.


Uchrashuvdan soʼng maktab internati yoshlari, harbiy xizmatchilar, askarlar bilan birgalikda hududdagi bogʼ obodonlashtirilib, mevali va manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.
Tadbir davomida harbiy orkestrning musiqali chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati