Аngren shahridagi harbiy qismda bir guruh nuroniylar yurt oʼgʼlonlari bilan uchrashdi (+fotoreportaj)

1

Аngren shahridagi harbiy qism va “Nuroniy” jamgʼarmasi hamkorligida 50 dan ortiq nuroniylar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy keksalar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.


Bundan koʼzlangan asosiy maqsad yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini uygʼotish, buyuk tariximiz va ota-bobolarimiz merosini chuqur targʼib qilish, harbiy xizmatni nufuzini yanada oshirishdan iborat.


Tadbir davomida nuroniylar harbiy qismga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar bilan dildan suhbatlashdilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati