Bir guruh desantchilar “Mi-8” vertolyotida parashyutdan sakrash mashgʼulotlarini olib bordi (+foto)

1

Chirchiq shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari “Mi-8” vertolyotidan 600 metr balandlikdan parashyut bilan amaliy sakrash mashgʼulotlarini mahorat bilan amalga oshirmokda. 130 nafarga yaqin desantchilar 163-parashyut bilan amaliy sakrashlarni olib bordilar.
Mashgʼulotlar davomida desantchilarga muhim amaliy koʼnikmalar berib oʼtildi, ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklariga alohida eʼtibor qaratildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati