Shirindagi harbiy shaharchada “Balli ayollar” koʼrik-tanloviga start berildi (+foto)

2

Sirdaryo viloyatining Shirin shaharchasida joylashgan harbiy shaharchada “Men harbiy xizmatchining oilasi ekanligimdan faxrlanaman” shiori ostida “Balli ayollar” koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi.
Mazkur bellashuvda ishtirokchilar alla aytish, tadbirkorlik va boshqa koʼplab yoʼnalishlar boʼyicha oʼz mahoratlarini sinovdan oʼtkazdi.


Koʼrik-tanlovni shoir, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Hayotxon Ortiqboyeva, Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʼyicha bosh mutaxassisi Zulfiya Mansurova, vazirlikning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʼlimi mutaxassisi Barno Butayev, Toshkent harbiy okrugi yetakchi mutaxassisi Odina Odilovalar baholab borishdi.


Barcha shartlar qizgʼin va koʼtarinki kayfiyatda oʼtib, hakamlar hayʼati tomonidan gʼoliblar aniqlandi.


Unga koʼra kichik serjant Sardorbek Saidovning rafiqasi Hilola Saidova mutlaq gʼolib topilib, tanlovning okrug bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.
Musobaqa yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati