G’alaba: Bektemir Meliqoʼziyev raqibini birinchi raunddayoq qulatdi (+foto)

2

Professional bokschimiz Bektemir Meliqoʼziyev АQShning Kaliforniya shtatida navbatdagi jangini oʼtkazdi.
Bu safar hamyurtimizga meksikalik Oskar Kortes raqiblik qildi. 10 raundga moʼljallangan jang birinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi. Bektemir birinchi raundda raqibini burchakka olib borib taqadi va chap qoʼldagi kuchli zarbasini raqibning qorin qismiga berdi. Ushbu kuchli zarbani oʼtkazib yuborgan Kortes jangni davom ettira olmadi.


Shu tariqa Bektemir prof boksdagi beshinchi jangida beshinchi gʼalabani (4 ta nokaut) qoʼlga kiritdi. Ushbu jangda Meliqoʼziyev oʼzining WBA Americas kamarini himoya qildi.

Toshkent harbiy okrugi jamoasi Bektemir Meliqoʼzievni ushbu gʼalaba bilan chin koʼngildan tabriklaydi va unga yuksak marralarni zabt etishini tilab qoladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati