Harbiy xizmatchilar va oʼquvchi-yoshlar “Oʼtgan kunlar” asari boʼyicha insholar tanlovida qatnashdi (+foto)

6

Harbiy qismda Parkent tumanidagi 47 sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi hamda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 96-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchilari ishtirokida Аbdulla Qodiriyning “Oʼtkan kunlar” asari asosida insholar tanlovi oʼtkazildi.


70 nafarga yaqin ishtirokchilar asarning eng nozik qirralarini ochishga, zamon va shaxs, tarix va taqdir haqida ijodiy fikrlashga harakat qilishdi.
Tanlovda harbiy qism Qoʼriqlash vzvodi muddatli harbiy xizmatchisi Hamidullo Yusupov gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.
Tadbir soʼngida oʼquvchi-yoshlar uchun qurol-aslaha va harbiy texnikalar koʼrgazmasi namoyish qilindi.

 

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati