Bobur kabi seving vatanni… (+foto)

3

Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan birida shoh va shoir tavalludiga bagʼishlangan “Bobur kabi seving vatanni” nomli uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda Chirchiq harbiy prokurori yordamchisi Gulchehra Tursunova, Chirchiq davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan oʼrinbosari Аlisher Normanov, talaba yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.


Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan Bobur xayoti va ijodiga bagʼishlangan qiziqarli maʼlumotlar berib oʼtildi. Talaba-yoshlar ijrosida Bobur gʼazallaridan parchalar oʼqib eshittirildi. Harbiy xizmatchilar ijrosidagi kuy-qoʼshiklar esa barchaga birdek manzur boʼldi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati