Ijod ahli va harbiy xizmatchilar uchrashuvi munozaralarga boy boʼldi (+foto)

4

Angren shahridagi harbiy qismlardan birida buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bagʼishlangan tadbir tashkil qilindi. Unda 31 umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi. Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Qoʼldosh Odinaev, shoir Zulfiddin Saparov bobolarimizdan qolgan ulkan meros mazmun-mohiyati xususida ishtirokchilarga soʼzlab berdi.
Tadbir davomida soʼzga chiqqanlar ilm-fan va adabiyot rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ulugʼ ajdodlarimizning dunyo miqiyosidagi oʼrni, ularning anglash va tahlil qilish tendentsiyalari haqida aytib oʼtishdi.
Oʼzaro savol-javoblar kechaga yanada fayz kiritdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati