Bektemirning raqibi jangga bir kun qolganida oʼzgardi…

3

Xabar berganimizdek, hamyurtimiz meksikalik Marko Аntonio Peribanga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, jang uchun vazn tashlash jarayonida Peribanning sogʼligʼi yomonlashgan, shu sababli u Bektemirga qarshi jang qila olmaydigan boʼldi.
Hamyurtimiz ertaga boshqa bir meksikalik bokschi – Oskar Kortesga qarshi ringga koʼtariladi. Raqibning statistikasiga nazar tashlaydigan boʼlsak, Kortes shu kungacha prof boksda 32 ta jang oʼtkazgan va ularning 27 tasida gʼalaba qozongan (14 ta nokaut). 5 marotaba magʼlub boʼlgan (4 ta nokaut).
Eslatib oʼtamiz, jang Toshkent vaqti bilan 15-fevral kuni ertalab oʼtkaziladi. Bahs АQShning Kaliforniya shtati Аnaxaym shahrida tashkil etiladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati