Harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida psixologik test sinovlari oʼtkazildi (+foto)

2

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlarining birida boʼlinmalar orasida sogʼlom muhitni shakllantirish, axloqiy-ruhiy sifatlarni yaxshilash maqsadida harbiy qism psixologi mayor Ozod Usmonov tomonidan psixologik test sinovlari oʼtkazildi.


Bundan koʼzlangan maqsad – shaxsiy tarkibning murakkab jangovar vaziyatlarda oʼzini tuta bilishi, stressni yengish, tez va toʼgʼri qaror qabul qila olish koʼnikmasini shakllantirishdan iborat.


Mashgʼulotlar davomida ruhiy yoʼlaklardan oʼtgan harbiy xizmatchilarga harbiy psixologlar tomonidan tahliliy xulosalar berildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati