Toshkent harbiy okrugi jamoasi yengilmas Bektemir Meliqoʼziyevning navbatdagi jangida omad tiladi (+foto)

3

Professional boksning super oʼrta vazn toifasida magʼlubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqoʼziyevning navbatdagi jangi joriy yilning 14-fevral kuni АQShda boʼlib oʼtadi.
Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Аntonio Periban raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda oʼzining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.
Maʼlumot uchun, bokschimiz professional boksda bungacha 4 ta jangda ishtirok etgan boʼlib, ularning barchasini oʼz foydasiga hal qilgan. Eʼtiborlisi, ulardan 3 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Uning raqibi Marko Аntonio faoliyati davomida umumiy hisobda 31 ta jang oʼtkazgan boʼlib, bu janglarning 25 tasida uning qoʼli baland kelgan. 5 ta jangda magʼlubiyatga uchragan boʼlsa, 1 jangda durang qayd etilgan.
Eslatib oʼtamiz, oʼzbekistonlik bokschi oʼzining soʼnggi jangini 2019-yilning 13-dekabrida oʼtkazib, amerikalik Аleksandr Vonni magʼlubiyatga uchratgan edi.
Toshkent harbiy okrugi jamoasi bokschimizga jangda gʼalaba qozonib, yorugʼ yuz bilan yurtimizga qaytishini tilab qoladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati