Toshkent harbiy okrugi sahnalarida taniqli aktyorlar Navoiy va Bobur siymolarini jonlantirishdi (+foto)

5

Toshkent harbiy okrugida Navoiy va Bobur tavalludiga bagʼishlangan sahnalashtirilgan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
Bu ikki daho ijodi nafaqat fevral oyida, yil davomida, umr davomida nishonlanadigan bayramdir. Аyniqsa, Navoiy asarlari butun duyo tillarida jaranglamoqda.


Tadbirda Toshkent harbiy okrugi shaxsiy tarkibiga Oʼzbek Milliy akademik drama teatri jamoasi aktyorlari tomonidan Navoiy va Bobur hayotiga bagʼishlangan spektakllar namoyish etildi.


Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Tolibjon Moʼminov Izzat Sulton asari asosida sahnalashtirilgan “Navoiy” spektaklida jonlantirgan Аlisher Navoiy obrazi haqida gapirar ekan turkiy xalqlar dahosi tilning jozibasi va latofatini dunyoga koʼrsata olganini taʼkidlab oʼtdi.


Tadbir davomida teatr aktyor va aktrisalari tomonidan monologlar, hikmatli soʼzlar, gʼazal va ruboiylar oʼqib eshittirildi. Аyniqsa, Navoiy va Bobur gʼazallari bilan ijro etilgan qoʼshiqlar koʼpchilikni chuqur oʼyga toldirdi.
Shu kabi tadbirlar Toshkent harbiy okrugining barcha harbiy qism va muassasalarida keng koʼlamda nishonlanmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati