Harbiy qismlar va harbiylashtirilgan boshqarmalar oʼrtasidagi futbol musobaqasida Toshkent harbiy okrugi jamoasi gʼolib boʼldi (+foto)

3

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, jahon maydonida milliy Qurolli Kuchlarimiz nufuzining yanada oshirish maqsadida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan Mirobod tumanida joylashgan sport oʼyinlari va yengil atletika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʼsmirlar sport maktabida, Toshkent shahridagi Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent harbiy okrugi, Davlat bojxona qoʼmitasining bojxona instituti, Oʼzbekiston Respublikasi davlat bojxona qomitasi Milliy kinologiya markazi, Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan harbiy qismlar xodimlari ishtirokida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqada uchunchi oʼrin Favqulodda vaziyatlar akademiyasiga nasib qilgan boʼlsa, ikkinchi oʼrinni Davlat bojxona qoʼmitasining bojxona instituti qoʼlga kiritdi.  Musobaqaning mutloq chempionligi esa Toshkent harbiy okrugiga nasib etdi. Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami 120 nafar yosh vatan himoyachilari musobaqada faol ishtirok etishdi, musobaqa yakunida gʼolib jamoalar Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashining diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimidan soʼng “Oʼzbekkontsert” davlat muassasasi Toshkent shahar boʼlimi tomonidan taklif etilgan xonandalar tomonidan kuy-qoʼshiqlar ijro etildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati