Toshkent harbiy okrugi: Yoshlar “Ochiq eshiklar kuni”da oʼzaro bellashdi (+foto)

3

Аngren shahrida joylashgan harbiy qismlardan birida kollej va maktab oʼquvchilari, yoshlar ishtirokida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida “Men ham Vatan himoyachisiman” mavzusida »Ochiq eshiklar kuni» oʼtkazildi.


Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qoʼl jangi namoyishlari, turli koʼrgazmali mashgʼulotlar tashkillashtirildi. Tadbirni yanada qiziqarli oʼtishi uchun jangovar harbiy texnika va qurol aslahalarda meʼyorlarni bajarish boʼyicha musobaqa ham tashkil etildi.


Tadbirga faol ishtirok etgan oʼquvchi-yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati