Toshkent harbiy okrugi: Harbiy xizmatchilar bolajonlar bilan “Jajji sardorlar” tanlovida ishtirok etdi (+foto)

2

Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari 1-, 22-, 32-, 37-sonli maktabgacha taʼlim muassasalari oʼrtasida oʼtkazilgan “Jajji sardorlar” koʼrik tanlovida ishtirok etdilar. Unda harbiy xizmatchilar bolajonlar bilan oʼzaro guruhlarga boʼlingan holda bellashdilar.
Gʼolib jamoalarga Chirchiq shahar maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda harbiy qism Qoʼmondonligining diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati