Toshkent harbiy okrugi: Harbiy xizmatchilarning Guliston davlat universitetiga tashrifi oʼzgacha ruhda oʼtdi (+foto)

3

Toshkent harbiy okrugi tomonidan Guliston davlat universitetida “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy xizmatchilar va harbiy orkestr ishtirokida tadbir boʼlib oʼtdi.


Unda yoshlar uchun harbiy texnikalar, aloqa va muhandislik vositalari namoyish qilindi. Qoʼl jangi, faxriy qorovul va harbiy orkestr chiqishlari tadbirga koʼtarinki ruh bagʼishladi.


Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qoʼmondonligi, Chirchiq oliy tank qoʼshinlari muhandislik bilim yurti faxriy qorovul jamoasi, Toshkent harbiy okrugining qoʼl jangi guruhi, Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi orkestr jamoasi ishtirok etdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati