Chirchiqda “Jaloliddin Manguberdi avlodlarimiz” sport estafeta musobaqalari oʼtkazildi (+foto)

2

Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan birida talabalar va oʼquvchi-yoshlar oʼrtasida “Jaloliddin Manguberdi avlodlarimiz» shiori ostida sport estafeta musobaqalari oʼtkazildi. Unda Chirchiq davlat pedagogika instituti, Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq shahar 2-,6-,10-,25-,14-,13-sonli umumtaʼlim maktablari oʼzaro bellashdilar.


Bellashuvlarni Chirchiq shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi shahar kengashi, “Mahalla” jamgʼarmasi vakillari kuzatib bordilar.
Yakuniy natijalarga koʼra, oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida Chirchiq davlat pedagogika institutining «Аlgaritm» jamoasi faxrli 1 oʼrinni, Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Olimp» jamoasi 2 oʼrinni; maktablar oʼrtasida kechgan bahslarda 2- sonli maktabning “Temurbeklar” jamoasi 1-oʼrinni, 10-sonli maktabning «Shunqorlar» jamoasi 2-oʼrinni, 6-sonli maktabning «Lochinlar» jamoasi 3-oʼrinni egalladi.
Gʼolib jamoalarga harbiy qism Qoʼmondonligi tomonidan diplom va esdalik sovgalari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati