Toshkent harbiy okrugi: Harbiy xizmatchilar va yoshlar bellashuvi taassurotlarga boy boʼldi (+foto)

5

Аngren kimyo sanoat kasb-hunar kollejida harbiy qism targʼibot guruhi tomonidan »Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!» shiori ostida »Vatan ostonadan boshlanadi» mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.


Unda kollej oʼquvchilariga hozirgi kunda mamlakatimiz va Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yoshlarga, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida toʼxtalib oʼtildi.


Shu bilan birga, oʼquvchilar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qoʼl jangi chiqishlari, togʼ tayyorgarligi, qurol-aslahalar boʼyicha koʼrgazmali mashgʼulotlar tashkillashtirildi. Tadbirning yanada qiziqarli oʼtishi uchun arqon tortish, shashka-shaxmat, stol tennisi kabi yoʼnalishlar boʼyicha musoboqalar tashkillashtirildi.


Tadbirga faol ishtirok etgan oʼquvchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati