Toshkent harbiy okrugi: “Hyatt Regency” maydonidagi harbiy vatanparvarlik festivali barchaga shodlik ulashdi (+foto)

2

“Hyatt Regency” mehmonxonasi maydonida “Vatanparvarlik oyligi” hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik festivali boʼlib oʼtdi.


Toshkent harbiy okrugi tomonidan tashkil etilgan musiqiy festivalda poytaxtimiz tumanlaridagi umumtaʼlim maktab oʼquvchilari hamda koʼplab yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbir Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri va ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va sahnaviy namoyishlar bilan boshlandi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasi Qorovul qoʼshinlari hamda Chirchiq shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan koʼrgazmali chiqishlar, qoʼl jangi namoyishlari barchaga birdek manzur boʼldi.


Bayram arafasida tashkil etilayotgan bu kabi koʼngilochar dasturlar xalq va armiyaning yakdilligini oshirish, oʼzaro ishonch tuygʼularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati