Toshkent harbiy okrugi: Kutilmaganda onalar askar oʼgʼillari bilan diydor koʼrishdi (+foto)

2

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida “Аskar onalarini sharaflaymiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Okrug Qoʼmondonligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda Toshkent shahridan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning ota-onalari, yaqinlari, universitet talabalari ishtirok etdi.


Dastavval yigʼilganlar uchun kontsert dasturi xavola etilib, mehmon sifatida taklif etilgan askar onalariga qimmatbaho sovgʼalar topshirildi. Eng quvonarlisi keyin boshlandi. Shu lahzalarning oʼzida Toshkent shahridan Samarqand viloyatida oʼz yigitlik burchini oʼtayotgan 15 nafar muddatli harbiy xizmatchilar oʼz ota-onalari bilan diydor koʼrishdi.

Koʼz yosh va quvonchlarga toʼla uchrashuv ishtirokchilarni toʼlqinlantirib yubordi.


Tashrif buyurgan askarlar tomonidan turli sahna koʼrinishlarining namoyish etilishi ularning yaqinlariga cheksiz zavq bagʼishladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati