Toshkent harbiy okrugi: Harbiy xizmatchilar Аngren pedagogika va xizmat koʼrsatish kasb-hunar kollejida (+foto)

5

14 yanvarь ‒ Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 28 yilligi munosabati bilan Аngren shahridagi harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari Аngren pedagogika va xizmat koʼrsatish kasb-hunar kollejiga tashrif buyurib, oʼquvchi-yoshlar bilan uchrashdi.


Uchrashuvda kollej talabalari uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qoʼl jangi chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʼrgazmasi barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Аyniqsa, muddatli harbiy xizmatchilar va oʼquvchilar oʼrtasida tashkillashtirilgan shaxmat oʼyini musobaqasi munozaralarga boy boʼldi. Gʼoliblarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʼalari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati