XALQARO NOGIRONLAR KUNI: BEG‘UBOR QALBLAR QUVONCHGA TO‘LDI (+FOTO)

2
??

Barchamizga ma’lumki, BMTning Xalqaro Nogironlar kuni har yili 3-dekabrda nishonlanib, butun dunyo bo‘ylab nogironlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.
Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.


Ushbu kun munosabati bilan “O‘zbegim” majmuasida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Chirchiq shahar Nogironlik asosiasiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, Toshkent harbiy okrugi, Chirchiq garnizoni va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etib, bayram ishtirokchilarini samimiy tabriklashdi.

Kuy va qo‘shiqlarga boy o‘tgan tadbirda barcha bolajonlarga sovg‘alar ulashildi, harbiy orkestr ijrosidagi xonishlar yangradi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati