HARBIY XIZMATCHILAR O‘QUVCHILARGA SAF TAYYORGARLIGIDAN AMALIY MASHG‘ULOT O‘TISHDI (+FOTO)

1

Harbiy intizom yigitni har vaqt toblaydi, uni irodali va sabrli qiladi. Harbiy xizmatning mustahkam asosi bo‘lmish harbiy intizom nafaqat harbiy xizmatchilarga, balki har bir yigitning hayotida muhim rol o‘ynaydi.


Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismning bir guruh ofiserlari Angren shahrida joylashgan 4-umumta’lim o‘rta maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarini o‘tishdi.


Bu shunchaki mashg‘ulot emas, endigina unib-o‘sayotgan har bir bolaning hayotini, taqdirini o‘zgartiradigan dars.


Shu kuni bir chiziqda saf tortgan o‘quvchilar harbiy qoidalarni imkon qadar o‘rganishga harakat qilishdi. Ularning qalblarida bu sharafli kasbga muhabbat uyg‘ondi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati